1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Niderlandiya Ukrainaga 80 million yevrolik yordam beradi

Mablag‘lar infratuzilma obyektlarini tiklash uchun sarflanadi.

Niderlandiya Ukrainaga 80 million yevrolik yordam beradi

 

Niderlandiya Ukrainaga 80 million yevro yordam ajratdi. Bu mablag‘larning katta qismi infratuzilma rekonstruksiyasiga sarflanadi.

 

Bu qaror Niderlandiya mudofaa vaziri hamda tashqi savdo va taraqqiyot vazirlarining Kiyev va Irpenga tashrifidan so‘ng qabul qilingan.

 

Yordamning 65 millioni harbiy harakatlar natijasida vayron bo‘lgan ko‘priklar, damba, kasalxona va boshqa infratuzilma obyektlarini tiklashda qatnashayotgan golland kompaniyalariga taqdim etiladi. 10 million yevro esa minalardan tozalash uchun sarflanadi.

 

2.5 million  yevro Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankiga o‘tkazib beriladi. U Ukraina hukumatining makroiqtisodiy islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Yana 2 million yevro zo‘ravonlik qurbonlariga beriladi.

 

Avvalroq YEI Ukraina infratuzilmasi uchun 20 million yevro ajratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика