1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Niderlandiyada muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 9-saylov uchastkasi saylov komissiyasi aʼzolari Utrext shahrida Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonini o'tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Niderlandiyada muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi

 

 

Taʼkidlanishicha, ovoz berish saylov komissiyasi aʼzolari, ushbu mamlakatda yashayotgan o‘zbek diasporasi faollari ishtirokida davlatimiz madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

 

COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq mavjud vaziyat hamda Niderlandiya qonunchiligi talablarini inobatga olgan holda ovoz berish jarayoni sanitariya-epidemiologik xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda o‘tkazildi.

 

Saylov kuni Bryusseldagi elchixonaga kelish imkoniyati bo‘lmagan saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish huquqini amalga oshirishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

 

"O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi yana bir bor Benilyuks mamlakatlarida yashayotgan yurtdoshlarimizni 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu muhim siyosiy tadbirda faol ishtirok etishga chaqiradi", —  deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘mon Sultonligining "Asdaa Oman" gazetasida "Saylovoldi tayyorgarlik ishlari yakunlangach, 24-oktabr kuni O‘zbekistonda Prezident saylovlari o‘tkaziladi" sarlavhali maqola chop etilgandi.

 

Avvalroq Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonliklar prezident saylovida qatnasha olishi uchun saylov uchastkasi tashkil etilgani, O‘zbekistondagi eng baland nuqtada joylashgan saylov uchastkasi hamda Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonliklar uchun saylov uchastkasi tashkil etilgani xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика