O‘zbekiston TIV rahbari vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Saidov Niderlandiya Qirolligining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Andre Karstens bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida o‘zaro savdo aylanmasini ko‘paytirish, istiqbolli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiy va parlamentlararo aloqalarni institutsionallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘zgargani xabar qilingandi.


