Nigeriyada baykerlar mashhur karnavalida yo‘ldan chiqib ketgan avtomobil paraddan zavqlanayotgan bir guruh odamlarni urib yubordi. Oqibatda kamida 14 kishi halok bo‘ldi.
Guvohlarning maʼlum qilishicha, tezlikni oshirib yuborgan haydovchi rulni boshqara olmay qolgan.
Maʼlumot o‘rnida, birinchi marta 2004 yilda Kalabar portida o‘tkazilgan ushbu karnaval butun dunyodan sayyohlarni jalb qiladi. Bir oy davom etadigan tadbir tashkilotchilari uni Afrikadagi eng katta ko‘cha kechasi deb atashadi. Karnavalda mahalliy mashhur odamlar ishtirok etadi. Ulardan baʼzilari karnaval liboslarini kiyib, mototsiklda turli tryuklar ijro etishadi.
Politsiya haydovchining mast ekanligini aniqladi va u hibsga olindi. Jarohatlangan 15 yoshli bolaning otasi haydovchi pulni yo‘lga tashlagani va odamlar pulni olmoqchi bo‘lganida, ayanchli holat yuzaga kelganini aytgan.
Shtat gubernatori Ben Ayade bayonotiga ko‘ra, hukumat hozirda avtomobil karnaval maydonchalariga ko‘plab to‘siqlardan qanday o‘tib ketganini tekshirmoqda.


