Nigeriya shimoli-markazi Kogi shtatidagi yirik yo‘lda benzin tashuvchi tanker portlashi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi.
Polisiya vakilining aytishicha, yuk mashinasining tormozi ishlamay qolgan va u katta yo‘lni to‘sib turgan mashina bilan to‘qnashgan. Voqea sodir bo‘lgan hudud o‘rab olingan, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari qurbonlarning shaxsini aniqlash ustida ishlamoqda.
Kogi mamlakatdagi eng xavfli joylardan biri hisoblanadi. Sentyabr oyida ham xuddi shunday to‘qnashuv oqibatida 10 dan ortiq odam halok bo‘lgandi.


