1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nigeriyada jangarilar katolik maktabidan 300 dan ortiq bolani o‘g‘irlab ketdi

Mahalliy cherkov rahbariyati bolalar 10–18 yosh oralig‘ida ekani va ularning aksariyati yotoqxonalarda bo‘lganini bildirgan.

Nigeriyada jangarilar katolik maktabidan 300 dan ortiq bolani o‘g‘irlab ketdi

Nigeriyaning Niger shtatida joylashgan St. Mary’s katolik maktabiga qurollangan shaxslar erta tongda hujum qilib, 303 nafar o‘quvchi va 12 nafar o‘qituvchini olib ketdi. Mahalliy cherkov rahbariyati voqeadan so‘ng o‘tkazilgan qayta ro‘yxat orqali avvalgi ma’lumotlar yangilangani, bolalar 10–18 yosh oralig‘ida ekani va ularning aksariyati yotoqxonalarda bo‘lganini bildirdi. Bu haqda NBC news xabar bermoqda.

 

Hujum paytida ayrim o‘quvchilar qochishga urinib, yana 88 nafari yo‘l-yo‘lakay qo‘lga olingani ma’lum qilindi. Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, maktab yaqinida rasmiy xavfsizlik kuchlari bo‘lmagan, faqat mahalliy qo‘riqchilar navbatchilik qilgan. Hozircha hech bir guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

 

Hukumat voqeani keskin qoralab, harbiylar va politsiya kuchlaridan iborat maxsus guruhlarni hududga yuborgan. Qidiruv ishlari kengaytirilgan bo‘lsa-da, o‘quvchilarning qayerga olib ketilgani noma’lumligicha qolmoqda. Rasmiylar oilalarga tinchlik va sabot tilab, tergov davom etayotganini ma’lum qildi.

 

Nigeriya so‘nggi yillarda maktablarni nishonga olgan qurolli guruhlar faoliyati bilan kurashib kelmoqda. Mutaxassislar bunday hujumlar ortida e’tibor qozonish va moddiy talablar yotishini aytmoqda. Aholi esa yana yuzlab oilalar taqdiri xavf ostida qolganidan chuqur xavotirda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика