1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nigeriyada masjidga uyushtirilgan hujumda 50 kishi halok bo‘ldi

Qurollangan guruh masjidga bostirib kirib, odamlarni o‘qqa tutgan.

Nigeriyada masjidga uyushtirilgan hujumda 50 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya shimoli-g‘arbidagi Malumfashi tumanida joylashgan Unguvan-Mantau shahrida 19-avgust kuni bomdod namozi vaqtida qurollangan shaxslar masjidga hujum uyushtirdi.

 

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan, 60 nafar fuqaro esa o‘g‘irlab ketilgan.

Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, Reuters xabar bermoqda deydi media.az nashri.

 

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, jangarilar mototsikllarda kelib, odamlarga qarata o‘q uzgan va keyin qishloq bo‘ylab yurib, yana tinch aholiga hujum qilgan. Shuningdek, ular bir nechta uylarni yoqib yuborgan.

 

Katsina shtati politsiyasi vakili Abubakar Sodiq Aliyuning ta’kidlashicha, xavfsizlik kuchlari hujumchilarni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan hamda ikki qishloqqa rejalashtirilgan hujumlarning oldi olingan. Biroq hujumchilar Mantau orqali qochib, yana odamlarni nishonga olgan.

 

Mutaxassislarning qayd etishicha, so‘nggi yillarda Nigeriya shimoli-g‘arbida jinoiy guruhlar qishloqlar va asosiy yo‘llarga hujum qilib, odamlarni to‘lov evaziga o‘g‘irlash, fermerlardan pul undirib olish kabi jinoyatlar bilan shug‘ullanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика