1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nigeriyada noqonuniy neft zavodi portladi

Hodisa oqibatida 100 kishi halok bo‘lgan.

Nigeriyada noqonuniy neft zavodi portladi

 

Nigeriya janubida joylashgan Imo shtatidagi noqonuniy neftni qayta ishlash zavodida kuchli portlash yuz berdi. Oqibatda 100 kishi halok bo‘lgan. 

 

Oldinroq Gʻarb OAVlari ikkita yoqilg‘i saqlash omborining yonishi natijasida yuzaga kelgan portlash natijasida 50 dan ortiq odam halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

 

Rasmiylar hodisaga aloqador ikki kishini qidirmoqda. Shuningdek, portlashdan keyin Nigeriya neft vazirligi neft sanoatidagi noqonuniy faoliyatga qarshi kurashda ko‘proq harakat qilishini aytgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriya hukumati mamlakat bir yil ichida noqonuniy faoliyat sabab neft daromadidan kamida 3 milliard dollar yo‘qotganini ma’lum qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика