1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nikoh uylari tugatilishi mumkin

Loyiha joriy yilning 25-iyuniga qadar muhokama qilinadi.

Nikoh uylari tugatilishi mumkin

 

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida O‘zbekistonning to‘rtta viloyati hamda Toshkent shahrida nikoh uylarini tugatish ko‘zda tutilgan.

 

FHDYO bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda adliya vaziri tomonidan tashkil etilishi va tugatilishi ushbu loyihada o‘z aksini topgan.

 

Shuningdek, faoliyati to‘xtatilishi nazarda tutilgan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi barcha nikoh uylaridagi shtat birliklari boshqa tuman (shahar) FHDYO bo‘limlariga o‘tkazilmoqda.

 

Xususan, FHDYO bo‘limlarining xodimlari sonini belgilash mezonlariga o‘zgartirish kiritilmoqda. Bu fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etilganligini hisobga olib amalga oshirilyapti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика