AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qo‘lga olingani va rafiqasi bilan birga mamlakat hududidan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.
Tegishli bayonot Tramp tomonidan Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.
AQSh prezidenti yozishicha, Qo‘shma Shtatlar Venesuela hududida to‘liq miqyosdagi harbiy va maxsus operatsiyani amalga oshirgan. Uning ta’kidlashicha, mazkur operatsiya natijasida Nikolas Maduro va uning rafiqasi hibsga olinib, Venesueladan tashqariga olib chiqilgan.
Bu bayonot Venesuelaga qarshi zarbalar boshlanganidan beri AQSh prezidentining ilk rasmiy izohi hisoblanadi.
Avvalroq The New York Times nashri Maduroning qayerdaligi noma’lum ekani haqida xabar bergan edi.
Donald Trampning bildirishicha, operatsiya AQSh huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.
Shuningdek, u Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 17:00 da Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida matbuot anjumani o‘tkazilishini ma’lum qilgan.


