Rossiyaning Qozog‘istondagi elchixonasi internetda tarqalgan Nikolay Valuevga tegishli video yolg‘on va deepfeyk ekanini rasman tasdiqladi. Videoda deputat postsovet respublikalariga “maxsus operatsiyalar” haqida gapirgani ko‘rsatilgan edi. Bu haqda kz.kursiv nashri xabar berdi.
Ma’lum qilishicha, videoni yaqindan ko‘rib chiqishda yuz ifodalari va lab harakatlari aytilgan so‘zlarga mos kelmasligi aniqlandi – bu klassik neyron tarmoq yordamida yaratilgan deepfeyk belgisi hisoblanadi.
Nikolay Valuev o‘zi ham videoga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlab, uning aslida “Voin” markazidagi tabrik videosidan foydalanib soxta videoni yaratilganini bildirgan. Deputat sun’iy intellekt texnologiyasining tez rivojlanishidan xursand ekanini, ammo bunday kontentni targ‘ib qiluvchi shaxslar xalqaro ishonch va do‘stona aloqalarga zarar yetkazish maqsadida harakat qilganini bildirgan.
Qozog‘iston Senati spikeri Maulen Ashimbayev ijtimoiy tarmoqlarda deepfeyklar muammosiga e’tibor qaratib, bunday kontent yaratganlarni jazolashga chaqirdi.


