1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nima uchun Afg‘oniston bilan savdoni davom ettirish kerak?

Eron-Afg‘oniston savdo sanoat palatasi raisi javob berdi.

Nima uchun Afg‘oniston bilan savdoni davom ettirish kerak?

 

“Eron-Afg‘oniston” savdo sanoat palatasi raisi Husayn Salimiy Afg‘onistondagi konlarni o‘zlashtirish yuzasidan taklif berdi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Eron tog‘-kon sanoatiga investitsiya kiritishni ko‘rib chiqmoqda. Bu Afg‘oniston importning avvalgi  darajasini ushlab turishi uchun amalga oshiriladi.

 

“Biz Afg‘oniston konlariga investitsiya kiritishni, texnologik va muhandislik xizmatlari eksportini amalga oshirishni taklif qildik”,– degan Husayn Salimiy.

 

Shuningdek, u Tehron va Kobul o‘rtasidaagi savdo aloqalari asta-sekinlik bilan tiklanayotganini taʼkidladi. Ammo bu yil avval reja qilingan 3.6 milliard dollarlik savdo aylanmasiga erishish mushkulligi qayd etildi.

 

Bundan tashqari, hozirda Eron Afg‘onistonda yo‘llar va ko‘priklar qurish bo‘yicha muzokara olib borayotgani maʼlum qilingan.

 

“Ular pul topish imkoniga ega bo‘lsa, sotib olish imkoniga ham ega bo‘ladi. Biz afg‘onlar bilan yoqilg‘i savdosi masalasida hamkorlik qilishimiz va bu sohadagi muammoni hal qilishga yordam berishimiz kerak”, – deb qayd etgan Salimiy.

 

Avvalroq Avstraliya kompaniyasi Afg‘onistonda kannabis qayta ishlovchi korxona qurishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика