BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Pekin olimpiadasi oldidan barcha davlatlardan Olimpiya yarashuviga amal qilishni so‘radi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti maʼlum qildi.
“Nizolar va tarangliklar tarqalayotgan bir vaqtda olimpiya yarashuvi kelishmovchiliklarni yengib o‘tish va barqaror tinchlikka yo‘l topishga imkoniyatni taqdim etadi. Barchani 2022 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari paytida yarashuvga amal qilishga hamda ular o‘tkazilayotgan davrda dushmanlik harakatlarini to‘xtatishga chaqiraman”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot o‘rnida: Pekinda qishki olimpiya o‘yinlari 4-fevraldan 20-fevralgacha, Paralimpiya o‘yinlari 4-13 mart kunlari o‘tkaziladi.


