1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng yaxshi shaxmatchilaridan biri bo‘ldi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi reytingi uning nomini Rustam Qosimjonovdan keyin 2700 ko‘rsatkichdan o‘zib ketgan ikkinchi o‘zbek shaxmatchisi deb eʼlon qildi.

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng yaxshi shaxmatchilaridan biri bo‘ldi

 

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasining avgust oyidagi reytingida dunyoning eng yaxshi 30 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.

 

Shaxmatchi bir oy ichida 64-o‘rindan 30-o‘ringa ko‘tarilib, reytingini 2677 dan 2713 ga oshirdi va shu tariqa O‘zbekiston tarixida Rustam Qosimjonovdan keyin 2700 ko‘rsatkichdan o‘zib ketgan ikkinchi shaxmatchi bo‘ldi. Birinchi o‘rinni Magnus Karlsen egalladi.

 

U avgust oyida bo‘lib o‘tgan Shaxmat Olimpiadasida 11 raundda 8 ta g‘alaba qozonib, 3 marta durang o‘ynadi va faqat bir marta yutqazdi.

 

Isbank Turkish Super League xalqaro turnirida ham sport klubi safida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jamoa 13 turdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi va shaxmatchi 11 uchrashuvda 9 ochko jamg‘arib, ikkinchi doskaning eng yaxshisiga aylandi. Bundan tashqari, FIDE 100 taligi reytingida ilk bor o‘zbekistonliklar soni to‘rttaga yetdi.

 

Yana uch nafar vakillarimizning natijalari ham eʼtiborga loyiq: Rustam Qosimjonov – 72, Nodirbek Yoqubboyev – 89, Javohir Sindorov – 92-o‘rin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика