1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nodirbek Abdusattorov dunyoning TOP-30 shaxmatchilari qatoriga kirdi

Yana 3 nafar shaxmatchi kuchli yuztalikdan joy olgan.

Nodirbek Abdusattorov dunyoning TOP-30 shaxmatchilari qatoriga kirdi

 

FIDE sentabr oyi uchun reytingini yangiladi. Unga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov 2713 ochko bilan 30-o‘rindan joy egallagan. 

 

U o‘tgan oydagi reytingda 64-o‘rinda edi. Butunjahon shaxmat olimpiadasi va Turkiya superligasidagi qimmatli ochkolar shaxmatchiga ilk marta 2700+ darajaga erishish imkonini bergan.

 

Shuningdek, O‘zbekistondan yana 3 nafar shaxmatchi kuchli yuztalikdan o‘rin olgan. Bular Rustam Qosimjonov 2670 ochko bilan 72-o‘rinda, Nodirbek Yakubboyev 2656 ochko bilan 89-o‘rinda, Javohir Sindorov 2651 ochko bilan 92-o‘rinda bormoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика