Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada ishtirok etdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Turkiya superligasi musobaqasida shaxmatchilar jamoalarga bo‘lgan holda 13 raund o‘zaro bahs olib bordi. Abdusattorov “Turk havo yo‘llari” sport klubi tarkibida dona surdi va uning jamoasi superligaga ko‘ra, umumjamoa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Nodirbek liga yakunida 9 ochko jamg‘arib doskada shaxsiy natija bo‘yicha oltin medal sohibi bo‘ldi.


