Bugun, 8-avgust kuni Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik shaxmatchilar hindistonlik raqiblari bilan durang qayd etishdi.
Qora donalarda o‘ynagan Abdusattorov Hindiston terma jamoasi vakili, turnir davomida hali mag‘lubiyatga uchramagan Gukesh Dommarajmu ustidan g‘alaba qozondi. Javohir Sindarov esa imkoniyatlarini boy berib qo‘ydi. Nodirbek Yoqubboyev va Jahongir Vohidov durang qayd etdi.
Uch natijadan keyin O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining ochkolari 17 taga yetdi. Shu tariqa O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida peshqadamlik qilishmoqda.


