YUNISEF maʼlumotlariga ko‘ra, butun dunyoda nogiron bolalarning taʼlim jarayonlaridan ortda qolayotganini maʼlum qildi. Bu haqda tashkilot hisobotida so‘z yuritiladi.
YUNESKO 42 davlatda 60 ko‘rsatkich bo‘yicha maxsus tadqiqot o‘tkazgan. Unga ko‘ra, butun dunyoda 240 million nogiron bola bor. Hisobotda aytilishicha, ularning huquqlari tug‘ilishi bilanoq buziladi: ko‘pincha imkoniyati cheklangan bolalar ro‘yxatga olinmaydi, ular g‘amxo‘rlik, tibbiy yordam, taʼlim olish kabi bazaviy huquqlardan mahrum etiladi.
Tadqiqotda ko‘tarilgan masalalardan biri – nogiron bolalar taʼlimi. Ularning taʼlim olishi zarurligi umumeʼtirof etilgan bo‘lsa-da, bolalar bu sohada ortda qolishda davom etmoqda. YUNISEF imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa tengdoshlari bilan teng huquqlarga ega bo‘lishi zarurligini alohida taʼkidladi.
Avvalroq BMT yosh bolalar mehnati to‘g‘risida hisobot eʼlon qilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev


