Samarqandda tovlamachilik yo‘li bilan fuqarolardan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand viloyati IIB ga fuqaro Sh.D ariza bilan murojaat qilib, opasining tanishi bo‘lgan, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan B.Sh., ariza muallifi va uning opasini ojizligidan foydalanib, shuningdek, hozirda 1-guruh nogironi bo‘lgan ukasini qo‘rqitib, ulardan 300 ming Rossiya rublini tovlamachilik yo‘li orqali talab qilganligini bildirgan.
Arizaga asosan, 2022 yil 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB, DXX, Prokuratura hamda viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda B.Sh. ariza muallifidan 3.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olayotgan vaqtida, daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan B.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda yozgan arizasini qaytarib olish uchun korxona rahbaridan 180 million so‘m talab qilgan shaxs ushlangani hamda o‘zining sobiq rafiqasini 5000 AQSH dollarga baholagan er qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.