1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nohaq ayblangan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi

Sud kassatsiya instansiyasi dalillarni qayta ko‘rib chiqib, sobiq inspektorni aybsiz deb topgan.

Nohaq ayblangan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi

 

 

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” bojxona posti sobiq inspektori A. Abdullayev (ism-sharif o‘zgartirilgan) 15 yildan so‘ng sud tomonidan to‘liq oqlandi.

 

U 2010-yilda pora olishda ayblanib, 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan hamda bojxona organlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan edi. Ammo kassatsiya instansiyasida ish qayta ko‘rib chiqilib, unga qo‘yilgan ayblovlar ishonchli dalillar bilan tasdiqlanmagani aniqlandi.

 

Sud jarayonida sobiq inspektor tergov vaqtida bosim va qiynoqlar tufayli aybni tan olishga majbur bo‘lganini bildirgan. Guvohlarning ko‘rsatmalari ham uning aybsizligini tasdiqlagan.

 

Shuningdek, aniqlanishicha, ayrim epizodlar bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan davrda A. Abdullayev mazkur bojxona postida umuman ishlamagan.

 

Natijada Farg‘ona viloyati sudi 2010-yildagi hukmni bekor qilib, uni aybsiz deb topdi va to‘liq oqlandi. Sud unga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qonun asosida undirish huquqini ham tushuntirdi.

 

Ma’lumot uchun, 2025-yilda mamlakat sudlari tomonidan jami 422 nafar shaxs oqlangan. Bu sud-huquq tizimida adolat va mustaqillik tamoyillari mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика