1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Noqonuniy muhojirlarni qo‘llab-quvvatlagan hududlar moliyalashtirilmaydi — Tramp

AQSH prezidenti 1-fevraldan immigratsiya qonunlariga amal qilmaydigan shtatlarga federal mablag‘ ajratishni to‘xtatishini bildirdi.

Noqonuniy muhojirlarni qo‘llab-quvvatlagan hududlar moliyalashtirilmaydi — Tramp

 

AQSH prezidenti Donald Tramp immigratsiya qonunlariga rioya qilmaydigan shtatlar uchun federal mablag‘lar ajratilishi to‘xtatilishini maʼlum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu choralar 1-fevraldan kuchga kiradi.

 

Tramp Truth Sosial ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida noqonuniy muhojirlarga boshpana beruvchi hududlarga davlat tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilmasligini taʼkidladi. “1-fevraldan boshlab federal hukumat boshpana shaharlari va noqonuniy muhojirlarni saqlash bilan bog‘liq barcha to‘lovlarni to‘xtatadi. Bunday hududlar faqat jinoyatchilik va zo‘ravonlikni keltirib chiqaradi”, — deb yozdi u.

 

Avvalroq xorijiy ommaviy axborot vositalari Tramp maʼmuriyati immigratsiya qonunlariga amal qilmagani sababli AQSHning 30 shtatidagi ayrim shahar va okruglardan federal mablag‘larni qaytarib olishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика