1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Norozilik namoyishlari ortidan Pekinda karantin choralari yumshatildi

Noyabr oxirida Xitoyning yirik shaharlarida koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgandi.

Norozilik namoyishlari ortidan Pekinda karantin choralari yumshatildi

 

Pekinda 6 dekabrdan koronavirus cheklovlari yumshatildi. Xususan, poytaxt aholisi supermarket, savdo binolari va ayrim jamoat joylariga borishi uchun PSR-test topshirishi shart emas.

 

Bundan tashqari, turarjoy binolariga kirish uchun ham PSR talabi berkor qilindi. uylarda doimiy yashaydigan aholi QR-kod orqali maxsus dasturdan ham skaner qilishi shart emas.

 

Shu bilan birga internet-kafe, tungi klublar, trenajyor zallari va umumiy ovqatlanish joylariga kirish uchun koronavirus yo‘qligi to‘g‘risida test natijasini ko‘rsatish zarur. U 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda topshirilgan bo‘lishi kerak.

 

Reuters agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, ertaga, 7 dekabr kuni cheklovlarni yumshatish bo‘yicha 10 ta umummilliy chora-tadbirlar eʼlon qilinishi mumkin.

 

Noyabr oxirida Xitoyning ko‘plab shaharlarida COVID cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика