Bugun, 11-may kuni Oliy sud Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealari bo‘yicha jinoyat ishini apellyatsiya sudida ko‘rishni davom ettirmoqda.
Ishni apellyatsiyada ko‘rib chiqishni so‘rab 16 nafar sudlanuvchi, jumladan, Dauletmurat Tadjimuratov, marhum Polat Shamshetov va boshqalarning advokatlari murojaat qilgan. Qolaversa, prokuratura hukmning sudlanuvchilar Lolagul Kallixanova, Azamat Turdanov, Axmet Smetullayev va Azamat Nuratdinovga oid qismiga nisbatan protest taqdim etgan.


