1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nukus voqealarida ayblanganlardan biri hibsxonada vafot etdi

Mustaqil komissiya holatga munosabat bildirdi.

Nukus voqealarida ayblanganlardan biri hibsxonada vafot etdi

 

Ijtimoiy tarmoqda Nukusdagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan shaxslardan biri — Po‘lat Shamshetov kecha tongda tergov hibsxonasida yurak xurujidan vafot etgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, mustaqil komissiya aʼzolari ertaga, 6 fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, o‘lim holati sabablarini, jumladan, hibsxonadagi sharoitlar, kamera yozuvlari, dastlabki tibbiy xulosa va boshqa tegishli hujjatlarni o‘rganadi. Shuningdek, marhum bilan bitta kamerada bo‘lgan shaxslar va tergov hibsxonasi xodimlari bilan suhbat o‘tkaziladi.

 

“O‘rganish natijalari haqida jamoatchilik xabardor qilinishi maʼlum qilinadi”, —deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining sobiq bo‘lim boshlig‘i, marhum Po‘lat Shamshetov odamlarni ommaviy tartibsizliklarga chaqirgani va o‘zi ham namoyishlarda faol ishtirok etgani uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика