1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nukusda chang bo‘roni sabab havo ifloslanishi keskin oshib ketdi

PM-2.5 zarrachalari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan me’yordan 20 baravar yuqori qayd etilgan.

Nukusda chang bo‘roni sabab havo ifloslanishi keskin oshib ketdi

Bugun Nukus shahrida kuchli chang bo‘roni kuzatilib, shahar hududida ko‘rish masofasi keskin pasaygani va havoning ifloslanish darajasi keskin oshgani haqida xabar berilmoqda. Aholi ijtimoiy tarmoqlarda aeroport atrofidagi ko‘rinish ham sezilarli darajada yomonlashganini yozmoqda.

 

“Uzgidromet”ning avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotiga ko‘ra, havo sifatida xavfli ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Xususan, havodagi PM-10 zarrachalari miqdori 1653 mkg/m³ni tashkil etib, belgilangan me’yor (500 mkg/m³)dan 3,3 baravarga yuqori bo‘lgan.

 

Bundan ham xavfliroq ko‘rsatkich PM-2.5 zarrachalariga taalluqli bo‘ldi. Ularning miqdori 704 mkg/m³ga yetib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan cheklov (35 mkg/m³)dan 20 baravar oshib ketgani qayd etildi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, diametri 2,5 mikrometrgacha bo‘lgan chang zarrachalari inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Ular astma, yurak-qon tomir kasalliklari, insult va o‘pka saratoni xavfini kuchaytirishi mumkin.

 

Tegishli xizmatlar aholini imkon qadar uyda qolishga, tibbiy niqob taqishga va bolalar, keksalar hamda surunkali kasallikka chalinganlar uchun ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика