Shu yilning 4-6 aprel kunlari Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida ilk bor Orol madaniyat sammiti bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi xabariga ko‘ra, ushbu sammit har 18 oyda bir marotaba o‘tkazilib, Qoraqalpog‘istonning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan ekologik, ijtimoiy va madaniy yechimlarni topish uchun mahalliy va xalqaro faollar, rassom va olimlarni birlashtiradi.
Sammit Orolbo‘yi mintaqasini sanʼat, madaniyat, dizayn va ilm-fan orqali ijtimoiy va ekologik jihatdan o‘zgartirishga qaratilgan.


