1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Nukusda soliq qarzini to‘lamagan zapravka sotilib ketdi

Shoxobchaning soliqdan 2,6 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorligi bo‘lgan.

Nukusda soliq qarzini to‘lamagan zapravka sotilib ketdi

Majburiy ijro byurosi Nukus tuman bo‘limi ish yurituvida Nukus tumanida joylashgan, qarzdor MCHJdan jami 2,6 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzdorligini undirish haqidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasining qarori mavjud.

 

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ushbu qaror ijrosini taʼminlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini taʼminlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.

 

Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, uning nomida aniqlangan metan qo‘yish shaxobchasi tegishli tartibda xatlovga olingan.

 

Xatlangan mulk jami 7 mlrd 656,5 mln so‘mga baholatilib, elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.

 

Ushbu mulk o‘tkazilgan auksion savdolarida 3 mlrd 828 mln so‘mga sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari qarzdorning davlat byudjeti oldidagi qarzdorligini qoplashga yo‘naltirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика