1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nukusdagi vaziyat bo‘yicha feyk xabar tarqatgan jurnalist uzr so‘radi

U shahar ko‘chalaridan biri qonga to‘lgani haqida video tarqatgan.

Nukusdagi vaziyat bo‘yicha feyk xabar tarqatgan jurnalist uzr so‘radi

 

Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus ko‘chasi qonga to‘lgani aytilayotgan videotasvirlar tarqaldi. Keyinchalik bu xabar yolg‘on ekani, ko‘chadagi kizil rang qon emas, maxsus mashina yordamida namoyishchilarni tarqatish uchun sepilgan rang ekani ma’lum bo‘ldi.

 

Mazkur feyk xabar Twitter sahifasida polshalik Agneshka tomonidan tarqatilgan. U O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi mustaqil jurnalist bo‘lib, “New Eastern Europe” jurnalining sobiq muharriri va Jurnalist ayollar koalisiyasi a’zosi hisoblanadi. Jurnalist inson huquqlari va mojarolar bilan bog‘liq mavzularda ko‘p yozgan va asosan postsovet hududi, Afg‘oniston va Livanga e’tibor qaratgan. Uning maqolalari “Al Jazeera English”,  “The Guardian”,  “Foreign Policy”, “The Diplomat”, “Eurasianet” va boshqa ommaviy axborot vositalarida chop etilgan.

 

“Qoraqalpog‘iston ko‘chalarida qon ketayotgani haqidagi video bilan baham ko‘rgan tvitimni o‘chirib tashladim, uzr so‘rayman”, — degan Agneshka.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика