Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi.
Unga ko‘ra, Nurmat Otabekov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek:
- Qurbonov Botirjon Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga;
- Hayitov Qobiljon Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishdi.


