Bugun, 13 noyabr kuni Bolat Nazarboyev 71 yoshida uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi.
"Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Abishevich Nazarboyev uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi", — deb xabar berdi Nazarboyevning matbuot kotibi Aidos Ukibay.
2023 yilning 6 noyabr kuni Nursulton Nazarboyevning ukasi reanimatsiya bo‘limida yotgani xabar qilingan edi.
Bolat Nazarboyev 1953 yil 23 martda Olmaota viloyati, Qorasay tumani, Shamalgan qishlog‘ida tug‘ilgan.
1997 yildan beri u BN Invest xoldingiga rahbarlik qilib kelgan. 2016 yilda "Saliqali urpaq" jamoat fondiga asos solgan. Shu yili u "Parasat" ordeni bilan taqdirlangan.


