1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NYT: Rossiya Ukraina bilan uzoq muddatli nizoga tayyorlanmoqda

Shuningdek, har ikki tomonning muzokaralarga tayyor emasligi qayd etilgan.

NYT: Rossiya Ukraina bilan uzoq muddatli nizoga tayyorlanmoqda

 

25 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi sonini oshirish to‘g‘risida qaror imzoladi. The New York Times bilan suhbatlashgan tahlilchilar buni Moskvaning Ukrainada uzoq muddatli nizoga tayyorgarlik ko‘rayotgani bilan izohlagan.

 

Ekspertlar qurolli mojaro keyingi qishgacha cho‘zilishidan xavotir bildirgan. Bunga Rossiyaning Ukraina sharqi va janubidagi hujumi sekinlashgani, shuningdek, har ikki tomonning muzokara va kelishuvlarga tayyor emasligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

 

AQSH urushni o‘rganish instituti (ISW) Rossiya prezidenti mamlakatda umumiy harbiy safarbarlik joriy etishdan qochayotganini taʼkidlagan. Shu bilan birga shaxsiy tarkibning oshirilishi ham qurolli kuchlarning to‘liq shakllanishiga yordam bermasligi qayd etilgan.

 

Avvalroq Erdog‘an Putin va Zelenskiyni uchrashtirish niyatida ekanini aytgandi.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика