1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NYT: Ukraina arzon dronlarni qimmat raketalar bilan urib tushirmoqda

Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, uchuvchisiz qurilmalar havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi raketalaridan eng kamida 7 marta arzon.

NYT: Ukraina arzon dronlarni qimmat raketalar bilan urib tushirmoqda

 

Ukraina qimmat raketalar bilan arzon dronlarni urib tushirmoqda. Bu haqda New York Times yozdi.

 

Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar so‘nggi bir necha kunda 80 dan ortiq uchuvchisiz qurilmalarni urib tushirgan. Ammo Rossiya foydalanayotgan Eronning “Shaxed-16” dronlari ularni urib tushirayotgan tizimlardan ancha arzon.

 

Ukrainaning "Molfar" konsalting kompaniyasi direktori Artem Starosikning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchisiz qurilmalarga qarshi raketalar drondan ko‘ra 7 barobarga qimmatga tushmoqda.

 

“ Bir dona “Shaxed” 20 ming dollar turishi mumkin. Ammo “yer-havo” tipidagi raketa S-300 tizimlarida 140 ming dollardan Amerikaning NASAMS tizimlarida yarim million dollargacha tushmoqda”, – degan u.

 

Ayrim tahlilchilarning fikricha, ushbu vaziyat keyinchalik Rossiyaga qo‘l kelishi mumkin. “Molfar” maʼlumotlariga ko‘ra, Moskva sentyabrdan buyon Ukrainaga 600 dron uchirgan. Kiyev havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi va uning xarajatlarini oshkor qilmaydi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика