
Maʼlumotlarga koʻra, Rod-Aylend shtatida 69.9 ming uy elektr tarmogʻidan uzilib qolgan. Bu shtatda shamol tezligi 27 m/s ni tashkil etgan. Qoʻshni Konnektikut shtatida esa 27.4 ming xonadon elektrsiz qolgan.
Rod-Aylendda koʻpriklar yopilgan. Shtatdagi aksariyat yoʻllarda suv toshqini tufayli harakat toʻxtab qolgan.
Nyu-Jersi shtatida bir sutka davomida 20 santimetr yomgʻir yoqqan. Shtat markazida bir qancha markaziy koʻchalar yopilgan, avtomobillar deyarli suv ostida qolib ketgan.
Nyu-Yorkda ham vaziyat yomonlashmoqda. Djon Kennedi nomidagi xalqaro aeroport va Markaziy parkda yogʻingarchilik rekord miqdorga yetgan.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval Nyu-York shtatida favqulodda vaziyat eʼlon qilingan edi.


