Nyu-Yorkda COVID-19 infeksiyasi ko‘payib borayotgani sababli 2022-yil 15-yanvargacha favqulodda holat eʼlon qildi.
Xabarda aytilishicha, koronavirusning 2020-yil aprelidan beri shtatda kuzatilmagan darajada tarqalishi, shuningdek, COVID-19 bilan bog‘liq kasalxonaga yotqizish sonining kuchli o‘sishi va kasalxona imkoniyatlarini taʼminlashga muvofiqlashtirilgan yondashuv zarurligini hisobga olgan holda, butun Nyu-York shtatida favqulodda holat eʼlon qilingan.
Farmonga ko‘ra, sog‘liqni saqlash boshqarmasi kelayotgan qish mavsumida koronavirusga chalinish holatlari ko‘payishi munosabati bilan kasalxonalarda yetarli o‘rinlarni taʼminlash maqsadida og‘ir bo‘lmagan va shoshilinch bo‘lmagan muolajalar bilan taʼminlashni cheklashi mumkin.
Farmon 3-dekabr, juma kunidan kuchga kiradi. Bu, shuningdek, davlatga pandemiyaga qarshi kurashish uchun har qanday muhim materiallarni tezroq sotib olishga imkon beradi.
Avvalroq JSST Janubiy Afrikada qayd etilgan virusning yangi shtammiga "Omikron" den nom bergani hamda Rossiya ushbu mutatsiya sabab 28-noyabrdan boshlab bir qator davlatlar bilan chegaralarni yopgani haqida xabar berilgandi.


