Nyu-York sudi kriptovalyuta birjasi asoschisi Sem Bankmen-Fridni hibsga oldi. Avvalroq u garov evaziga qo‘yib yuborilgan edi, deb xabar bermoqda “MIR 24”.
Tadbirkor firibgarlik va investorlarni aldashda ayblanmoqda. Dastlabki versiyaga ko‘ra, kripto birjasi investorlardan deyarli ikki milliard dollar olgan, keyin esa bu mablag‘lar xususiy fondga o‘tkazilgan.
Bankmen-Frid o‘tgan yilning dekabrida Bagama orollarida Vashington iltimosiga ko‘ra hibsga olingan edi. Orol davlati hukumati uni AQSHga ekstraditsiya qilishga ruxsat bergan. Tez orada tadbirkor 250 million dollar garov evaziga ozod qilindi. Biroq tadbirkor ozodlikda bo‘lib, guvohlarga bosim o‘tkazishga uringan va tergovga aralashgan. Uning o‘zi qo‘yilgan ayblovlarning birortasiga iqror emas.
Bu ish Amerika tarixidagi eng yirik jinoiy holatlardan biri hisoblanadi. Agar Bankmen-Frid aybdor deb topilsa, u 115 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.


