13 avgust kuni Ukraina diplomati Armanistondagi Sevan ko‘lida cho‘kib ketdi. Bu haqda jinoyat xronikalariga ixtisoslashgan shamshyan.com arman onlayn resursi xabar berdi.
Armaniston politsiyasi ushbu voqea haqida cho‘kib ketgan shaxsning ismi va fuqaroligini ko‘rsatmasdan xabar bergan.
Shamshyan.com saytiga ko‘ra, “suvda cho‘kib halok bo‘lgan shaxs Ukrainaning Armanistondagi elchisining maslahatchisi S.O." bo‘lgan.
Qolaversa, Sputnik Armaniston ham o‘z manbalariga tayanib, Sevan ko‘liga cho‘kib ketgan shaxs Ukrainaning Armanistondagi muvaqqat ishlar vakili Aleksandr Senchenko ekanligini maʼlum qildi.
Aleksandr Senchenkoning o‘limini Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ham tasdiqlagan.ъ
“Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ushbu yo‘qotish munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deyiladi xabarda.


