1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

OAV va noshirlik nazorati yangi tashkilotga o‘tkazildi

O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari, noshirlik va raqamli axborot sohasidagi monitoring va nazorat vakolatlari endi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi inspeksiyaga topshirildi. Prezident qarori bilan tizimga yangilanishlar kiritildi.

OAV va noshirlik nazorati yangi tashkilotga o‘tkazildi

 

2025-yil 11-dekabrda “Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli prezident qarori imzolandi.

 

Qarorning asosiy maqsadi — axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va axborot sohalarida qonunchilikka rioya etilishini monitoring qilishda davlat boshqaruvini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni noxolis va taqiqlangan axborotlardan himoya qilish samaradorligini oshirishdir.

 

Qarorga muvofiq, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar nazorati inspeksiya bir qator yangi vakolatlar bilan ta’minlanadi.  Jumladan:

  • Axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, axborot tizimi va resurslari, ma’lumotlar bazalari va dasturiy ta’minotning faoliyatini nazorat qilish;
  • Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish va ularning qonunchilikka rioya etilishini monitoring qilish;
  • Noshirlik va matbaa faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, bolalarga zarar yetkazuvchi axborotlarni tarqatishni cheklash;
  • Taqiqlangan axborotni, jumladan, onlayn platformalardagi ma’lumotlarni tarqatishni cheklash.

 

Prezident qarori bilan tugatilgan AOKAning axborot sohasidagi nazorat va monitoring bo‘yicha vazifalari inspeksiyaga o‘tkazildi. Shundan so‘ng tashkilotda 54 ta yangi shtat birligi ajratildi. umumiy boshqaruv xodimlarining soni esa 172 taga yetkaziladi.

 

Shuningdek, 2027-yil 1-yanvarga qadar “Raqamli nazorat” platformasini ishga tushirish vazifasi berildi. Bu platforma orqali mamlakatning chekka hududlaridagi raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiya xizmatlari monitoring qilinadi.

 

Mazkur qaror bilan “Xabar” gazetasi tahririyati MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushlari Raqamli texnologiyalar vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli davlat ulushlarini boshqarish funksiyasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markaziga beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика