1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Obama o‘zi va rafiqasi maymunlar ko‘rinishida tasvirlangan Tramp tomonidan eʼlon qilingan videoga izoh berdi

Sobiq prezident siyosiy munozaralar darajasi pasayib borayotganini va bunday holatlar jamiyatni tashvishga solayotganini ta’kidladi.

Obama o‘zi va rafiqasi maymunlar ko‘rinishida tasvirlangan Tramp tomonidan eʼlon qilingan videoga izoh berdi

 


Barak Obama AQShdagi siyosiy munozaralar darajasi pasayib borayotganini aytdi. U bu haqda bloger Brayan Tayler Koenga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Suhbat davomida Koen sobiq prezident va uning rafiqasi maymun ko‘rinishida tasvirlangan video haqida so‘z ochdi. Mazkur video Donald Trampga tegishli ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qilingan.

 

Obama bunday harakatlar jamoatchilik e’tiborini chalg‘itishi mumkinligini, biroq amerikaliklarning aksariyati buni jiddiy va tashvishli holat sifatida qabul qilayotganini ta’kidladi.

 

“Ijtimoiy tarmoqlar va televideniyeda masxarabozlik kuchayib bormoqda. Ilgari muayyan odob-axloq qoidalariga va egallab turgan lavozimga hurmat ko‘rsatish zarur deb hisoblangan. Hozir esa ayrimlar bundan uyat ham sezmayotganga o‘xshaydi”, dedi sobiq prezident.

 

Obama, shuningdek, AQSh fuqarolarining aksariyati bunday haqoratli materiallarni qo‘llab-quvvatlamasligini qayd etdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ushbu post yuzasidan uzr so‘rashdan bosh tortgan. Uning matbuot kotibi esa jamoatchilikning noroziligini “soxta vahima” deb baholagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика