“Ochiq byudjet” portali ishida ayrim texnik nosozliklar kuzatilayotgani sababli portal faoliyatida uzilishlar bo‘lmoqda. Nosozliklarni to‘liq bartaraf etish maqsadida ovoz berish jarayonlari vaqtincha to‘xtatiladi va 16-mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi.
Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Ochiq byudjet”ning joriy yilgi ilk mavsumiga 1-fevraldan start berilgandi.
- Loyihalar kiritish: 1–20 fevral;
- Loyihalarni saralash: 21-fevral–11 mart;
- Ovoz berish: 12–31 mart sanalari davomida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgandi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 3 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.


