1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Odamlarning kartalaridan ruxsatsiz pul yechilayotgani aytilmoqda

Bu bo’yicha Markaziy bank va IIBdan rasmiy izoh so’ralmoqda.

Odamlarning kartalaridan ruxsatsiz pul yechilayotgani aytilmoqda

So‘nggi kunlarda fuqarolar tomonidan bank kartalaridan ularning roziligisiz turli onlayn-servislar nomidan avtomatik tarzda mablag‘ yechilayotgani bo‘yicha murojaatlar ko‘paymoqda.

 

Jabrlanuvchilarning ta’kidlashicha, ular hech qanday shubhali fayllarni yuklamagan, SMS-kodlarni kiritmagan va shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etmagan bo‘lsa-da, kartalaridan pul yechilish holatlari kuzatilgan.

 

Mazkur holat jamoatchilik e’tiborida bo‘lib, fuqarolar ushbu jarayon yuzasidan Markaziy bank hamda Ichki ishlar organlarining kiberxavfsizlik bo‘linmasidan rasmiy munosabat bildirilishini kutmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика