1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Oldinda birgalikda erishiladigan natijalar hali ko‘p”

Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat departamenti vakili bilan uchrashdi.

“Oldinda birgalikda erishiladigan natijalar hali ko‘p”

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi rahbari vazifasini bajaruvchi – AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Erik Meyer bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Unda ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

 

Taʼlim va madaniyat sohasidagi almashinuvlarga, jumladan, Amerika universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

 

“Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ham muhokama qildik. Bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar: tadbirkor ayollar uchun dasturlar, moliyaviy resurslarni taqdim etishda shaffoflikni taʼminlash yo‘lidagi qadamlar haqida so‘z yuritdik.

 

Amerikalik hamkorlarimizga doimiy qo‘llab-quvvatlash va ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz. Ishonamizki, oldinda birgalikda erishiladigan natijalar hali ko‘p”, deb yozdi Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика