Qo‘shrabot tumani “Qovunchi” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Aliyev ham kirdikorlarining oxiri fojia bilan yakun topishini bilaturib, jinoyatga qo‘l urdi. 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro 2021-yilning aprel oyidan boshlab 18-iyunga qadar hovlisida 53 tupdan iborat taqiqlangan Kannabis ekinlarni ekib, parvarishlab kelgan. U 40 grammdan ortiq o‘simlik barglaridan Marixuana giyohvandlik vositalarini tayyorlab, kelgusida isteʼmol qilish maqsadida yashash xonadonida saqlab kelgan.
Qo‘shrabot tuman IIB vakillari “Qovunchi” mahallasida istiqomat qiluvchi jinoyatchi A.Aliyevning xonadonida tintuv ishlarini olib bordi. Qidiruv jarayonida fosh etilgan 40,42 gramm marixuana hamda 53 tup Kannabis o‘simligi videotasmaga olinib, hujjatlashtirildi.
Albatta, hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi. A.Aliyevga Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudi tomonidan tegishli jazo choralari qo‘llanildi.
Begzod Jumaboyev,
Samarqand viloyat sudining sudyasi.
Ilhom G`ulomov,
Qo'shrabot tuman sudi raisi.


