1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Og‘zini tikib, ochlik eʼlon qilgan yigit qamaldi

IIBB holat bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

Og‘zini tikib, ochlik eʼlon qilgan yigit qamaldi

 

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida imtiyozli kredit olish so‘rovi rad etilgani bois og‘zini tikib, ochlik eʼlon qilgan erkak qamaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.

 

20-avgust kuni Yangiyo‘l tumani “Xalqobod” MFYda yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro S. T. ust kiyimlarini yechib, xonadon tomiga chiqqan va o‘zini pastga tashlashini aytib, baqirib atrofdagilarni yig‘gan.  

 

Voqea joyiga yetib borgan hududiy IIB xodimlari fuqaroni tinchlantirish va undan nima maqsadda bu ishni qilayotgani so‘rab, barchasini qonuniy tartibda hal etilishini bildirgan vaqtlarida, fuqaro IIO xodimlari va atrofdagi shaxslarni turli kurakda turmas so‘zlar bilan haqoratlagan. Baland ovozda so‘kinib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, ushbu harakatlarini davom ettirgan.

 

Holat yuzasidan shu kuni JIB Yangiyo‘l tuman sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida fuqaro S. T. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- va 194-moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Fuqaro sudda maʼlum qilishicha, o‘zini tomdan tashlashiga sabab nomaʼlum bir ayol (bloger) kelib, unga “shantaj qilib masalangni hal qilib yuribsan-mi?” degan so‘zlari turtki bo‘lgan. 

 

Ushbu shaxs muqaddam jinoyat kodeksining 169- va 105-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlanib, tegishli tartibda chora ko‘rilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика