Ohangaronda 1 milliard so‘mdan ziyod noqonuniy tovarlar  ushlab qolindi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro X.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasini to‘xtatib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirdi.

Ohangaronda 1 milliard so‘mdan ziyod noqonuniy tovarlar  ushlab qolindi

 

Natijada, ushbu avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 357 million so‘mlik, jami 3980 dona chilim uchun tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.  Bu haqda “Zamon”.uz ga  Davlat bojxona qo‘mitasi  axborot-xizmati rahbari Nurbek Salomov xabar qildi.

 

Shuningdek, shu kuni fuqaro U.J. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi ham ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 603,9 million so‘mlik tovar moddiy boyliklar borligi aniqlandi.

 

Tezkor tadbirlar davom ettirilib, fuqaro  A.I. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi ham  ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida ushbu avtomashina yukxonasida  noqonuniy kiritilgan 90 million so‘mlik 36 dona televizor borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 1 050 856 000 so‘mlik tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Bundan avval Toshkentda 15,3 milliard so‘mlik noqonuniy olib kirilgan parfyumeriya vositalari aniqlangani hamda  Toshkent xalqaro aeroportida noyob sudralib yuruvchi jonzotlarni olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolingani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика