1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

OITSga qarshi kurashishga 7 million AQSH dollari sarflangan

Sanepidqo‘mita axborot xizmati rahbari OITSga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlum qildi.

OITSga qarshi kurashishga 7 million AQSH dollari sarflangan

 

OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi o‘zining OIV statusini yaʼni organizmida OIV mavjudligini bilishi, 95 foiz OIV yuqtirib olganlar maxsus davolash kurslari (RQT) bilan qamrab olinishlari hamda 95 foizi qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishiga erishish maqsad qilib belgilangan.

 

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, OITS bilan kasallangan bemorning qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishiga erishilsa u bemor yuqtiruvchi hisoblanmaydi yaʼni bu kasallikni boshqalarga yuqtirmaydi. Bu maqsadlarga erishish uchun respublikamizda 173 ming nafardan ortiq aholi o‘rtasida Ekspress testlar o‘tkazildi. Shuningdek, 129 000 ta ekspress testlar Respublikaning barcha tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalariga yetkazildi.

 

Davlat byudjeti hamda OITS, bezgak va silga qarshi kurash bo‘yicha Global jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qariyib 7 million AQSH dollari miqdorida retrovirusga qarshi dori vositalari xarid qilinib, 40 ming nafardan ortiq bemor virusga qarshi terapiya bilan qamrab olindi.

 

Respublika OITSga qarshi kurash markazi hamda FHDYO organlari axborot tizimi integratsiya qilindi. Ushbu tizim orqali nikohlanuvchilarning OIVga tibbiy tekshiruv jarayoni qulay va sodda holatga olib kelindi.OIV bo‘yicha Elektron axborot tizimi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasining elektron bazasi bilan integratsiya qilinib, hozirgi kunda OIV infeksiyasi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa avtomatik tarzda belgilanib, ularning nafaqa olishida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga (hujjat to‘plash jarayoni) chek qo‘yildi.

 

Ushbu infeksiya bilan yashovchi onalardan tug‘ilgan bolalarga OIVning vertikal yo‘l bilan yuqishining oldini olish maqsadida homilador ayollarni infeksiyaga tekshirishlar 100 foiz qamrab olinmoqda. OIV aniqlangan holatda, homilador dispanser hisobiga olinib, retrovirusga qarshi dori vositalari beriladi. Homiladorlik davridagi immunologik ko‘rsatkichlar va virus yuklamasi laboratoriyada tekshirib borilib, tug‘ruq kesar kesish usulida amalga oshiriladi hamda tug‘ilgan bolaga profilaktika maqsadida retrovirusga qarshi dori vositalari beriladi.

 

Bundan tashqari, OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan 700 nafardan ortiq bola olti oylik bo‘lguncha quruq sut aralashmalari bilan taʼminlanmoqda. 6 oylikkacha bo‘lgan go‘daklarni sunʼiy quruq sut aralashmalari bilan taʼminlash bilan infeksiyasini onadan bolaga yuqishini bartaraf etishga erishish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Bu kabi tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика