Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini taqsimlovchilar faoliyatida ichki auditni tartibga solishga qaratilgan — "Byudjet kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasi qabul qilinishi tumanlar va shaharlar hokimliklari jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z rasmiy veb-saytlari hamda "Ochiq byudjet" axborot portaliga joylashtirishga xizmat qiladi.
Muhokamalardan so‘ng loyiha deputatlar tomonidan qabul qilindi.