
Mutaxassislar 2020 yilning 26 aprelidan 2021 yil 7 avgustigacha bo‘lgan ommaviy PSR-test natijalari va simptomsiz kasallangan bemorlar kasallik tarixini tahlil qilib chiqqan. Hozirda Britaniyada koronavirusning ilk alomatlarini aniqlashda asosan 4 belgi — yuqori tana harorati, quruq yo‘tal, taʼm va hid sezgilarini yo‘qotish inobatga olinadi. AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi o‘z bayonnomalarida issiq chiqishi, qaltirash, charchoq, nafas yetishmovchiligi, tana va mushaklarda og‘riq, bosh va tomoq og‘rig‘i, tumov, burun bitishi, qayt qilish va diareyani ham kasallik belgilariga kiritgan.
Tatqiqot natijalariga ko‘ra, 2020 yil aprelidan dekabrgacha ommaviy emlash boshlanmagan davrda Britaniyada asosan Covidning “alfa” shtammi tarqalgan. Bemorlar qayd etgan simptomlar asosan yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, titroq, taʼm va hid bilmaslik bo‘lgan.
Qishga kelib bu belgilarga nafas yo‘llari kasalliklarining boshqa belgilari ham qo‘shilgan. Ularning barchasi mavsumiy kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lgan.
2021 yil mayidan boshlab mamlakatda “delta” shtammi keng tarqaldi. Bemorlar endi bosh og‘rig‘i va burun bitishidan tez-tez shikoyat qila boshlagan. Bu kabi simptomlar qisman emlangandan keyindan kasallanganlarda ham kuzatilgan. Shu bilan birga har to‘rtinchi bemorda mushak og‘riqlari, charchoq va holsizlik, har uchinchi bemorda taʼm va hid bilishni yo‘qotish qayd etilgan.
Tadqiqot mualliflari bu kabi belgilar asosan 20-30 yoshlilar orasida kuzatilgan, yosh kattalashuvi bilan kasallikning intensivligi kamaygan, yoshi qarilarda esa biroz yuqoriroq bo‘lgan.
Olimlar “delta” shtammning asosiy belgilari sifatida holsizlik, charchoq, bosh og‘rig‘i, tomoq va mushaklarda og‘riq, taʼm va xid bilishning yo‘qolishini aytib o‘tishgan.
Eslatib o‘tamiz bundan avval olimlar Olimlar koronavirusning “delta” shtammi suvda 72 soatgacha yashay olishini aniqlagani xabar qilingan edi.
Jahongir Qo'ziyev


