1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Olimlar yaratgan dori haqiqatdan ham saratonni 99 foiz davolaydimi?

Fanlar akademiyasi holatga munosabat bildirdi.

Olimlar yaratgan dori haqiqatdan ham saratonni 99 foiz davolaydimi?

 

Olimlarning saratonni 99 foizgacha davolash imkonini beruvchi yangi preparat ishlab chiqqani haqidagi intervyu eʼlon qilingach, jamoatchilik bunga eʼtiroz bildira boshladi.

 

Intervyuda aytilgan Lyutetsiy-177 PSMA-617 radiofarmatsevtik dori vositasi saratonning faqat bir turi, yaʼni asosan katta yoshdagi erkaklarda uchraydigan prostata bezi rakini davolashda samarali hisoblanadi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston fanlar akademiyasi izoh berdi

 

Shu bilan birga, to‘rtinchi va beshinchi dozalarida tananing boshqa qismlaridagi metastazalarga ham terapevtik taʼsir ko‘rsatishi kuzatilgan. Akademiya axborot xizmati, intervyu boshqa saytlar tomonidan o‘ta qisqartirilgan holda qayta chop etilgani sabab PSMA to‘g‘risidagi maʼlumot tushirib qoldirilgan deya izoh bergan.

 

“Bu bilan aholi o‘rtasida bu dori vositasi barcha rak kasalliklarini davolaydi degan tushuncha paydo bo‘lgan. OAV vakillaridan yangilik va axborot tarqatishda maʼlumot qaysi manbadan olinganiga, shuningdek, berilayotgan faktlar to‘g‘riligiga alohida eʼtibor berishini so‘raymiz”, deyiladi munosabatda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика