Yevropaning eng qadimiy daraxti deb tan olingan 1647 yillik archa Finlyandiyaning Laplandiya hududida o‘sadi. Uni Italiyadagi Padua universiteti tadqiqotchisi, ekolog Marko Karrer aniqlagan. Ushbu kichik diametrli archa Rim imperiyasi davridan beri mavjud bo‘lib kelmoqda.
Oldin Yevropadagi eng qadimiy daraxt 1200 yoshda deb hisoblangan, ammo yangi tadqiqotlar bu taxminni rad etdi. Olimlar daraxt yoshi va sharoitlarini maxsus texnologiyalar yordamida o‘rganib chiqdi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu archa ming yillar davomida keskin iqlim o‘zgarishlari, qattiq sovuq va ozuqa moddalarining yetishmovchiligiga qaramay yashab kelgan. Olimlar daraxtning uzoq umr ko‘rishi sabablarini o‘rganishmoqda va bu ma’lumotlar global iqlim o‘zgarishi sharoitida o‘simliklarning chidamliligini tushunishga yordam berishi mumkin. Shuningdek, bu kashfiyot Yevropaning tabiiy merosi va qadimiy o‘simliklarning saqlanishi muhimligini yana bir bor yodga soladi.


