1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Olimpiada va koronvirus tarqalishi orasida bog‘liqlik yo‘q” - XOQ

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) bugun Tokioda o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlari va Yaponiyada COVID-19 tarqalishi orasida bog‘liqlik yo‘qligini eʼlon qildi.

“Olimpiada va koronvirus tarqalishi orasida bog‘liqlik yo‘q” - XOQ

 

 


“Menga maʼlum bo‘lishicha, sportchilar yoki olimpiya harakati vakillaridan Tokio aholisiga infeksiya yuqishi holatlari bo‘yicha birorta ham dalil yo‘q”, - dedi XOQ raisi Mark Adams.


Adamsning aytishicha, 310 ta topshirilgan testdan 0,02 foizida ijobiy natija qayd etilgan


“Bizning hamjamiyatimizda dunyodagi boshqa har qanday joydan ko‘ra ko‘proq test o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, olimpiya qishlog‘ida eng qatʼiy cheklovlar amal qiladi”, - dedi u. 


Oldinroq Yaponiya hukumatining bosh kotibi Katsunobu Kato mamlakatdagi zararlanish holatlari bo‘yicha xavotirda ekanini aytgan.


O‘tgan bir sutkada Tokioda pandemiya boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich – 3 177 ta koronavirus holati qayd etildi.

 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика